Kuropatkin Aleksey Nikolayevich
Kuropatkin Aleksey Nikolayevich (1848.17.3 — Pskov gubervasi — 1925.16.1) — Turkiston gen.-gubernatori (1916-17), gen.-ad’yutant (1902). K. 1898-1904 y.lar harbiy vazir, rus-yapon urushi (1904-05) da Manjuriya armiyasi qo’mondoni; uzoq, Sharq qurolli kuchlari bosh qo’mondoni (1904-05). K. harbiy layoqatsizligi, jur’atsizligi, doimiy ikkilanishi, qo’l ostidagilarga ishonch- sizligi — rus-yapon urushi (1904-05) da Rossiyaning mag’lubiyatga uchrashi- ning asosiy sabablaridan biri bo’lgan. 1-jahon urushida armiya va shim.front qo’mondoni (1916), O’rta Osiyoni bosib olishda qatnashgan, Turkistonda turli lavozimlarda xizmat qilgan (1866-71, 1875-77, 1879-83). O’rta Osiyo qo’zg’oloni (1916)ni krnga botirishga rahbarlik qilgan. K. harbiy-tarixiy va harbiy- geografik asarlar muallifi. 1917 y.dan umrining oxirigacha Pskov gubervasida yashab, o’qituvchilik qilgan.