Kurosio
Kurosio (yaponcha Kuro — qora, SiO— oqim), Kuro-Sivo, Yaponiya oqim i — tinch okeandagi iliq oqim. Yaponiyaning Jan. va Sharqiy qirg’oqlari bo’ylab oqadi. Sharqiy Xitoy den- gizining shim. qismi b-n okeanning unga tutash qismidagi suv sathining har xilligi natijasida vujudga ke- ladi. K.ning Ryukyu o.larining shim. bo’g’ozlaridan chiqqan joyidan 36° sh.k. va 150° shq.u. gacha bo’lgan qismi uning asosiy qismi hisoblanadi. Oqimning ayrim tarmoqlari 40° sh.k. gacha borib, sovuq Kuril oqimi b-n qo’shiladi. Xon- Syu o.ning Jan.da K.ning eni 170 km, chuq. 700 m gacha. Avgustda t-rasi 25-28°, Fev. da 12-18°. Tezligi Jan.da soatiga 6 km, shim.da 1-2 km. Oqim tinch okean shim. qismining iqlimini yumshatib, gidro- logik sharoitiga ta’sir etadi.