Kushit xalqlari

Kushit xalqlari — Sharqiy Afrikada yashovchi xalqlar. Umumiy soni 30 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Tar- kibiga oromo, Somali, beja (bedavir), afar, Danakil va Saxo, agav, sidamo, bur- Ji, Kaffa, olito, gimirra, iraku, gorova, rendille, gabbra, Konso, gonga va b. xalq va elatlar kiradi. Efiopiya aholisining 50% ni tashkil qiladi (oromo va b. 30 dan ortiq etnoslar). Shuningdek, Shim. Tanzaniya, Shim. Uganda, Somali, Su- dan va Misr Arab Respublikasi (qizil dengiz bo’ylari)da ham yashaydilar. Som- xom til oilasining kushit til guruhida so’zlashadilar. Negroid irqiga mansub. Dindorlari — sunniy musulmonlar, xristianlar (katoliklar, lyuteranlar) ham bor. K. x. ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi chorvachilik (tuya, kuy, echki, qoramol), Daryo bo’ylarida yashovchilar dehqonchilik (paxta, tariq, sholi va b.), dengiz bo’ylarida yashovchilar baliq ovlash va h. k. b-n shug’ullanadilar.