Kushoniya

Kushoniya — Zarafshon daryosi- ning o’rta oqimida bo’lgan qad. viloyat va uning Markaziy shahri nomi. Xitoy sol- nomalarida fumo (fumo-Chan) yoki Xe deb atalgan. K. viloyatining Sharqiy chegara- si Tsao viloyati (Oqdaryo shim. dagi er- dar) ga tegishli hududgacha 150 li (52 km), Jan.-Sharqiy chegarasi Kan (Samarqand) hududigacha 100 li (35 km), g’arbiy chega- rasi An (Buxoro) hududigacha 300 li (105 km) bo’lgan. Uning hududi aylanasi esa 1400 li (450 km) ga yaqin masofani tash- kil qilgan. Mil. AV. 2— mil. 1-a.largacha K. viloyati Qang’davlati tarkibiga kir- gan, so’ng Kushonlar sulolasi va eftaliy- larta tobe bo’lgan, mil. 6-a. oxiri — 7-a. 1-yarmida esa Sug’d ixshidita itoat etgan. Mazkur viloyatning Markaziy shahri K. hoz. Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on sh. yaqinida, nami (Zarafshon) daryosi- dan bir necha km Jan.roqda bo’lgan. U Sug’dning eng obod shaharlaridan biri va Samarqand yuksalguniga qadar Zarafshon vohasining madaniy markazi edi. Uning aholisi Sug’ddagi qolgan barcha viloyat- lar aholisidan ham badavlatroq bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra, K. hokimining tax- ti oltindan yasalgan, uning saroyi de- vorlariga O’rta Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy va Rim hukmdorlari suratlari chi- zib qo’yilgan. V. V. Bartoldnnng fikri- cha, birgiva bino devorlarida mahalliy hamda chet el hukmdorlarining suratlari mavjud bo’lgan bunday shahar jahonning hech qaysi mamlakatida bo’lmagan. Bu esa K.ning ko’plab xorijiy davlatlar va ularning xalqlari b-n yaqin aloqada bo’lganligini ko’rsatadi. Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t. 2, ch.1, M., 1963; Shoniyozov K., Qang’davlati va qang’lilar, T., 1990.