Kushvaryov Xristofor Stepanovich

Kushvaryov Xristofor Stepanovich [1890.23.5 (4.6), Simferopol — 1960.25.1, Leningrad] — arman kompo- zitori, musiqashunos va pedagog. Arma- niston (1939) va O’zbekiston (1943) da xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, prof. (1939). Petrograd un-ti (1916) va Lenin- grad konservatoriyasi (1925)ni tugatgan. Tiflis musiqa in-ti va konservatoriya- si (1921-23), Leningrad konservatori- yasi (1925-60)da garmoniya, polifoniya va kompozisiyadan Daryo bergan.1944-49 y.larda Armaniston faning musiqa ta- rixi va nazariyasi bo’limida ilmiy xodim va mudir. Arman musiqa merosini naza- riy tadqiq qilib, Sharq xalqlari mum- toz asarlarining kompleks taqliliga asos yaratgan K. organ, violonchel uchun asarlar, arman xalq kuylari asosida xorlar, spektakllarga musiqalar yarat- gan. 1941-43 y.lar O’zbekistonda yashab, To’ychi Hofiz Toshmuhamedov, usta olim Komilov va M. Turg’unboevapar ijodi- ni o’rgangan. O’zbek raqslari usullari haqida maqolalar yozgan. M. Leviev, T. Sodiqov, M. Burhonov, M. Vasimov va b. o’zbek kompozitorlarining ustozi. As: Voprosi istorii i teorii armyan- skoy monodicheskoy muziki, M., 1958.