Kusto (Cousteau) Jak IV

Kusto (Cousteau) Jak IV (1910.11.6, Sen-Andre-de-Kyubzak, Frantsiyaning Bordo viloyati — 1997) — frantsuz okea- nografi, sayyoh. Suv ostida texnik vosi- talar yordamida tadqiqotlar olib borish va kinoga olishni boshlab beruvchilar- dan. Yoshligida oilasi b-n AQShda yasha- gan. Frantsiyaga qaytgach, Milliy oliy harbiy-dengiz maktabini tugatgan. 1933  y. dan harbiy kemada, keyinroq harbiy- dengiz aviasiyasida xizmatini o’tagan. 1942 y. K. suv osti jonivorlari haqida film yaratuvchi kompaniyaga asos soladi. 1952 y.dan tadqiqotlar olib boruvchi «Kalipso», 1985 y.dan «Alkiova» ke- malariga rahbarlik qilgan. 1954 y. shu kemada K. Qizil dengiz va Hind okea- niga, Seyshel o.lariga jo’nab ketadi. Vatijada kino soxdsida yuksak mukofot- larga sazovor bo’lgan «Kusto guruhi sar- guzashtlari», «sokinlik dunyosi» kabi ko’p seriyali filmlar yaratildi. Akva- lang (E. Ganyan b-n birga), suv osti uyi, «sho’ng’uvchi likopcha» apparatini ixtiro qilgan. 1957 y.dan Movakodagi Okeano- grafiya muzeyi direktori. Ommabop ki- toblar va filmlar muallifi.