Kuvayt

Kuvayt, Kuvayt davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston ya. o.da, Fors qo’ltig’ining shim.-g’arbiy sohilidagi davlat. Mayd. 17,8 ming km2. Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Quvayt sh. Ma’muriy jihatdan 3 viloyat- ga bo’linadi. Davlat tuzumi. K. —Konstitusiya- li movarxiya. Amaldagi Konstitusiyasi 1962 y. 16 noyab.da qabul qilingan. Dav- lat boshlig’i — Amir (1977 y.dan Shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Amir va parlament — Milliy Majlis, ijroiya hokimiyatni Amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Er yuzasining ko’p qismi g’arbdan sharqqa Pa- sayib boruvchi plato. Fors qo’ltig’ining sohili botqoqli pasttekislik. K. hududi Afrika— Arabiston platformasining shim.-sharqida. Basra—Kuvayt sinekli- zasida joylashgan. Iqlimi quruq, tro- pik iqlim. Yanv. ning t-rasi 11°, iyulni- ki 34°. Yillik yog’in 100-150 mm. Land- shafta: shim. qismida Toshloq, Markaziy va Jan. qismiga tomon qumli cho’l b-n al- mashinib boradi. O’simlik kam, tuprog’i bo’z tuproq. Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan ko’pi muhojirlar. Ko’chmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashay- Di. Rasmiy tili — Arab tili. Dini — Islom dini. Aqolining 96% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Kuvayt va Al-Ahmadi. Tarixi. Mil. AV. 3-ming yillikka- cha K. hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar o’rtasida talash bo’lib keldi. 7-a. dan K. Arab xalifaligi, 16-a.dan Usmonli turk saltanati tarkibida. 18-a. o’rtalaridan K.da hokimiyat as-Saboh Su- lolasi shayxlari qo’lida. 18-a. ning 60-y. laridan K.ga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899 y. dan K. amalda Buyuk Britaniya tasarru- figa o’tdi. K. xalqining kurashi natija- sida 1961 y. 19 iyunda K. mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilg’or islohot o’tkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faol- lashib, 1967 y.da K. kasaba uyushmalari federasiyasi tuzildi. K. hukumati ijo- biy betaraflik, hamma mamlakatlar b-n hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ra- vishda e’lon qildi. 1990 y. 2 avg.da Iroq K. ni bosib olib, o’z viloyati deb e’lon qildi. BMT xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalisiya kuchlari K. ni 1991 y. 26 Fev.da butunlay ozod qildi. K. 1963 y. dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1994 y. 8 iyulda o’rnatgan. Milliy bayrami — 25 Fev. — Milliy kun (1961). Siyosiy partiyalari va kasaba uyush- malari. K.da siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. K. demokratik forumi, mu- xolifatdagi partiya, 1991 y. 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tu- zilgan. K. ishchilari umumiy Federasi- yasi kasaba uyushmasi 1967 y. dek. da tu- zilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederasiyasi va Jahon kasaba uyush- malari federasiyasi a’zosi. Xo’jaligi. 2-jahon urushigacha K. iqtisodiyotining asosiy tarmog’i ko’chmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash bo’lgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va, xususan, Mar- varid savdosi b-n shug’ullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft kazish sanoati rivojlandi. 1970-y.larga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sa- noatiga to’g’ri keldi. Iroq agressiyasi K. iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konla- riga katta zarar etkazdi. Ammo 1993 y. dayoq neft eksportidan olingan mablag’ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994 y. 11,2 mlrd. Dollarni tashkil etdi. K.da neftdan olinadigan daromadlarning 10% «kelgusi avlod- lar jamg’armasi»ga o’tkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. Tonva neftni qayta ishlab oladigan 3 ta z-D mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy o’g’it, am- miak, oltingugurt, kaustik soda, bo’yoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akku- mulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (tsement, g’isht, cherepisa va b.) i.ch. kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr st-yalar, dengiz suvini chuchita- digan qurilmalar bor. Temir-tersak- dan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, ro’zg’or elektr va radio asboblarini ta’mirlaydigan korxona- lar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-y.larda neft sanoati yalpi ichki maxsulotning 42% ni, boshqa sano- at tarmoqlari 14,5%, q. x. esa 0,3% ni tashqil etdi. 1 y.da o’rtacha 16,8 mlrd. kVt- soat elektr energiyasi hosil qilinadi. K — x.da hamon ko’chmanchi chorvador- lik ustun. Vohalarda xurmo, bug’doy, arpa, sabzavot etishtiriladi. Umuman, mamlakat xududining atigi 1 % q. x. ga yaroq-li. Bu aholinig q.x. mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigiva qondiradi. Oziq-ovqatning ko’p qismi chetdan kelti- riladi. Baliqovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. K.da temir yo’l yo’q. Avtomobil yo’llari o’z. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporta, ayniqsa, tankerdar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Kuvayt), Ash- Shuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy o’g’it, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, Tse- ment va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall bu- yumlar, oziq-ovqat keltiradi. K.ning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi ko’chmas mulkka aylantiril- gan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada K. ga karashli neftni qayta ishlash z-dlari, Evropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilg’isini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning «British Petrolium», «Midlend», Germaniyanig «Daymler Bents», «Folksfagen», «Si- mens», Ispaniyaning «Taras», Frantsi- yaning «Pariba» kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. «Santa-Fe» xalqaro neft kompaniyasi K. ning to’la xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy sav- do mijozlari: Yaponiya, AQSh, Evropa Itti-foqi mamlakatlari, Xitoy, Arab mamlakatlari. Pul birligi — Kuvayt dinori. Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari. Vrachlar K. davlat un- tida va chet ellarda tayyorlanadi. Dav- lat o’quv yurtlarida barcha turdagi ta’- lim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati — 4 y., oraliq maktabda 4 y. va o’rta maktabda 4 y. Boshlang’ich va oral i q maktablarda 6— 14 yoshdagi bolalarning o’qishi maj- Buriy. Mamlakatda 1 oliy o’quv yurti — K. davlat un-ti (1966 y.da asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: K. ilmiy — tadqiqot in-ti (1967), q. x. tajriba st- yasi (1953), Arab rejalashtirish in-ti (1966)— hammasi Kuvayt sh.da. K. marka- ziy kutubxonasi (1936), un-t kutubxona- si, Kuvayt sh.da K. muzeyi va tabiiy-ta- rixiy muzey bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K. da bir necha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muhimlari: «Al-Anba» («xabarlar», Arab tilidagi kundalik gaz., 1976 y.dan), «Arab tayme» («Arab vaqti», ingliz tilidagi gaz., 1977 y.dan), «Al-Vatan» (Arab tilidagi kun- dalik gaz., 1974 y.dan), «Al-Jamahir» («Omma», Arab tilidagi kundalik gaz., 1984 y.dan), «Al-Kabas» («bilim», Arab tilidagi kundalik gaz., 1972 y.dan), «Kuvayt tayme» («Kuvayt vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1961 y.dan), «Ar-risola» («maktub», Arab tilidagi haftalik gaz., 1961 y. dan), «As-siyosa» («Siyosat», Arab tilidagi kundalik gaz., 1965 y.dan), «Al-Xadaf» («maqsad», Arab tilidagi haftalik gaz., 1961 y.dan), «Al-amal» («ishchi», haftalik jur.), «Al-Arabi» («Arab», oynoma, 1958 y.dan), «Al-Kuvayti» («kuvaytlik», haftalik jur., 1961 y.dan), «at-Talia» («Ilgor», haftanoma, 1962 y.dan). K. ax- borot agentligi (KUVA) 1976 y.da tuzil- gan. K. radioeshittirish xizmati 1951 y., televideniesi 1961 y. tashqil etilgan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Faylaka o.dan qad. ibodatxona vayrona- si, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyum- lari topilgan (mil. AV. 3-a.). Kuvayt sh. ning eski uylari 1-2 qanatli bo’lib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (Haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome mas- jidlar (katta masjid, as-Suk va b.) qurilgan. 1950-60 y.larda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etil- Di. Ko’p qanatli uylar qurilib, ko’chalar ko’kalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan ko’p qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining san’ati bezak buyumlarda (yog’och kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh ko’zli o’zuklar, kumush yoki qo’rg’oshin qoplab vaqshlangan chilimlar va b.) ko’zga tashla- nadi. Musiqasi Arab musiqa san’ati b-n bevosita bog’langan. Hanaskorlik musiqa san’ati rivojlangan. Chet elda o’qib kel- gan musiqa mutaxassislari maktablarda Daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy profes- sioval orkestr — radio va televidenie orkestri bor. Unga mahalliy bastakor- lar musiqa yozib beradi. Teatri. 1957 y. Xalq, teatri tuzildi. 1959 y.dan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pesalari boyitib keldi. 1964 y. truppani mierlik rej. Zakiy To’laymat boshqarib, Arab pesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963 y. Fors qo’ltig’i K. teatri paydo bo’ldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qo’yildi. 1967 y. Yava bir teatr truppasi — K. teatri tashqil etildi. Kinosi. 60-y.lar boshidan qisqa me- trajli voqeiy va hujjatli filmlar Su- ratga olina boshladi. 1971 y. «Shafqatsiz dengiz» (rej. Xolid Saddiq) ba-diiy filmi namoyish qilindi. K.ning o’z ki- nostudiyasi yo’q. O’zbekiston — K. munosabatlari. 1994 y. iyulda ikki davlat o’rtasida Di- plomatiya munosabatlari o’rvatilgach, turli sohalarda hamkorlik yo’lga qo’yila boshladi. 1994 y.da O’zbekiston Respu- blikasi b-n K. o’rtasida «havo qatnovi to’g’risidagi bitim» kelishib olindi. 1997 y. da K. iqtisodiy rivojlanish jamg’armasi Nukus va Urganch sh.larini suv b-n ta’minlash loyihasi uchun 18 mln. AQSh dollari miqdorida pul AJ- ratdi. Ayni vaqtda O’zbekistonga 6 mln. Kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 y. muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr ko’zda tutilgan. 1998 y. 250 ming Kuvayt Dino- ri miqdoridagi kredit mablag’i o’zlashtirildi. Ikki davlat o’rtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Bunga K. parlamentida K. — O’zbekiston do’stlik qo’mitasi tashqil etilgani yaqqol misol bo’la oladi.