KUYISH
KUYISH (qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxtlarda) — quyosh nurining to’g’ri tushishi (oftob urishi) yoki ob-havoning keskin almashinuvi (issiq urishi, issiqga chalinishi) ta’sirida yuzaga ke- ladigan shikastlanish; o’simliklarning zamburug’lar (mas, mo-nilioz kasalli- gini paydo etadigan zamburug’lar)dan hamda pestisidlarni noto’g’ri qo’llashdan kelib chiqadigan za-rarlanishi ham K. deyiladi. K. po’stloq, poya, novda, barg, gul, ayrim holdarda o’simlikning nobud bo’lishiga olib keladi. Issiq urishda tuprokda namning etishmasligi tufayli o’simlikda suv balansi bo’ziladi, vati- jada barglar quriydi, hosil to’kiladi va o’simlik nobud bo’ladi. K. cho’ldan qum ko’chirib keladigan issiq shamolli r-nlar (mas, Qo’qon, Bekobod, Mir-zacho’l guruhi va Surxondaryo viloya-tining Jan. r-nlari)da ayniqsa ko’p kuzatiladi. Kurash choralari: quyosh va is-siqdan himoyalash uchun daraxt tanalari ohak erimasi b-n oqlanadi, dala ihota da- raxtzorlari barpo qilinadi, ekinlar o’z vaqtida sug’oriladi, qator oralariga ish- lov beriladi, infektsiya ta’sirida yuza- ga kelgan K.larda pes-tisidlar (ularni qo’llash tavsiyalariga muvofiq) purkala- Di. Sulton Ashmuhamedov.