Kuzgi so’lish
Kuzgi so’lish — ekinlarda uchray- digan noinfektsion kasallik. Kasal- likning o’ziga xos xususiyati ekinning egilib qolishi va tezkorlik (2-3 kun) b-n o’tishidir. Kasallik asosiy hosilni to’plash davriga to’g’ri keladi. Mas, g’o’zada kasallangan o’simlikning bargi qizg’ish tusga kiradi, biroq dog’lar hosil bo’lmaydi, poyasi va ildizining ko’ndalang kesimi sog’lom o’simliknikidan farq qilmaydi, poyaning o’tkazuvchi vay qismida vilt kasaligiga xos bo’lgan (traxeomikoz so’lish) qorayish belgilari bo’lmaydi. K.s.ga sug’oriladigan o’tloqi- botqoqi tuproqdagi grunt suvlarining yaqinligi (chunki bunda anaerob mikroor- ganizmlar hayot faoliyati jarayonida gi- dromorf tuproqlarda ekin uchun zaharli temirning chala oksid formalari, vodo- rod sulfid va metan vujudga keladi) va ko’llatib sug’orish sabab bo’ladi. Ka- sallangan o’simlikdagi etilgan va etil- magan ko’saqlar 5-6 kun ichida ochiladi, biroq muddatidan oldin ochilgani uchun tola sifati past bo’ladi. K. Sdan hosil Zts/ga yoki 10% gacha kamayadi. Kurash choralari: sugoriladigan gi- dromorf tuproqlarda yuqori normada tez-tez sugormaslik; vegetasiya davrida grunt suvlar sathini ildiz taraladigan qatlamdan pastroqda, ya’ni tuproq yuza- sidan kamida 1 m chuqurlikda bo’lishini ta’minlash. Madiva Rasulova.