Kuznes (Kuznets) Saymon Smit

Kuznes (Kuznets) Saymon Smit (1901.30.4, Xarkov — 1985.9.7, AQSh) — amerikalik iqtisodchi. Ukrainada statistika bo’limining boshlig’i lavo- zimida qisqa muddat ishlagach, AQShga muhojir bo’lib ketgan. Kolumbiya un-ti D-ri (1926X, iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi a’zosi (1927-61). Pensilvaniya (1930-54), J.Gopkins (1954-60), Garvard (1960-71) un-tlari prof. AQSh statistika assosiasiyasi (1949) va AQSh iqtisodiy asso-tsiasi- yasi (1954) prezidenti etib saylangan. K. iqtisodiy o’sish nazariyasiga katta hissa qo’shdi. O’sishning uzoq tsikllari aholi o’sishi sur’atlari o’zgarishlariga bog’liqligini tadqiq qildi, ko’pgiva sanoati rivojlangan mamlakatlarda is- te’molning daromadga nisbati bir necha o’n yilliklar davomida barqarorligini va belgilangan mahsulot hajmini i. ch. uchun zarur bo’lgan Real kapital pasayish tendentsiyasiga ega ekanligini aniqladi. K. pirovard mahsulot i. ch., kapital va jamg’arishning shakllanishi, aholining turli tabaqalari o’rtasida daromadning taqsimlanishini aniq baholadi. Uning ishlari jahonning barcha mamlakatlari uchun yalpi milliy mahsulot, milliy da- romadni hisoblashning yagona uslubini ishlab chiqishga imkon berdi. Nobel mu- kofoti laureati (1971).