KVANJU

KVANJU — Koreya Respublikasining Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. Cholla-Namdo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,3 million kishi (1995). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, oziq-ovqat (jumladan, tamaki mahsulotlari), harbiy, mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalari, universitet bor.