Kvant
Kvant (lot. quantum — qancha, ne- chta) — biror fizik kattalikning dis- kret (uzlukli) tabiatga ega ekanli- gini tavsiflovchi va uning eng kichik (bo’linmas) qiymatini ko’rsatuvchi za- monaviy fizikaning asosiy tushunchasi. Mikrosistemaning o’zaro ta’sirlashi- shida atom, molekula, yadrolarning yuti- shi yoki chiqarishi mumkin bo’lgan Energi- yaning eng kichkina miqdorini ifodalov- chi kvant tushunchasini fanga 1900 y.da M. Plank kiritgan. Stasionar holatda atom energiyasi diskret qiymatlarga ega bo’ladi. Sistema bir holatdan boshqa holatga o’tganda uning energiyasi shu holatlar energiyalari farqiga teng ener- giya kvantini — fotonni chiqaradi yoki yutadi. Energiya kvanti e ning kattali- gi Plank doimiysi 62491 1(G27 ^) b-n to’lqin chastotasi v ning ko’paytmasiga teng: e=hv. Energiya (kvant)ning diskret tabiatga ega bo’lishini fotoeffekt, gam- maspektroskopiyaga oid tajribalarda isbotlangan.