Kvarsit

Kvarsit — tarkibi asosan kvarsdan iborat zich, qattiq tog` jinsi. Kvarsli qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo`ladi. Kvarsitdan o`tga chidamli g`isht (dinas), kislotabardosh qurilish materiallari tayyorlanadi.