Kvestor

Kvestor (lotincha quaestores, quaero-izlayman, qidiraman, tergov olib boraman so’zidan)-Qadimgi Rimda mansabdor shaxslar-konsullarning moliyaviy va sudlov ishlarida yordamchilari. Shuningdek, armiyada qo’mondon o’rinbosari, qo’shin ta’minoti va moliyaviy masalalarda ko’mak bergan. Qo’mondon og’ir yaralanganda yoki vafot etgan taqdirda, Kvestor uning o’rnini egallashi mumkin edi. Miloddan avvalgi 180 yili qabul qilingan qonunlar Kvestorlar uchun minimal yoshni belgilagan (27 yosh). Dastlab Kvestorlar soni 2 nafar bo’lgan, miloddan avvalgi 421 yildan 4 nafar, miloddan avvalgi 82 yildan 20 nafarga yetgan. Tsezar zamonida esa 40 nafar Kvestor faoliyat yuritgan.