Kvinslend
Kvinslend — Avstraliya Ittifoqidagi shtat. Materikning shim.-Sharqiy qismida va qirg’oqqa yondosh Orol- larda. Mayd. 1730,6 ming km2. Aholisi 3,6 mln. kishi (2001); 80% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Brisben sh. K.ning Sharqiy qismida katta Suvayirg’ich tizmaning shim. qismi joy- lashgan. G’arbiy qismi esa pasttekislik. Iqlimi shtatning shim.da subekvato- rial, Jan.da tropik. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 20-25°, iyulniki 15— 25°. Yil- lik yog’in K.ning sharqida 2000 mm, ayrim joylarda 2500 mm gacha, g’arbi savanna va cho’llardan iborat. K. hududining 2% dan ko’prog’i ish- lanadi. Dehqonchilikka yaroqli erlar, asosan, tinch okean sohilidagi kambar tekislikda. Q.x.da chorvachilik etakchi tarmoq. Shtat mamlakatda tayyorlana- digan jun, go’sht, sariyog’, pishloqning katta qismini etkazib beradi. Sohilda ananas, banan, Mango va b. tropik meva- lar, shakarqamish etishtiriladi. G’arbiy qismida bug’doy va makkajo’xori ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. K. mis, boksit, rux va qo’rg’oshin, rutil, tsirkon, toshko’mir, volfram qazib chiqarishda hamda oltin, neft va tabiiy gaz olishda mamlakatda oldingi o’rinlarda. Mamla- katda qazib olinadigan misning yarmi- dan ortig’i shtat g’arbidagi Maunt-Ayza konlaridan olinadi. Uran, kalay, temir rudasi ham qazib olinadi. Mashinasoz- lik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoklari rivojlangan. Yirik sanoat shaharlari: Brisben, Gladston, Taunsvill, Makkay, Kerns.