KXMER TILI
KXMER TILI — monkxmer tillaridan biri. Kambodja davlatining rasmiy tili, Vetnam va Tailandda ham tarqalgan. Kxmer tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8 million kishini tashkil etadi. Kambodja hududida keskin dialektal tafovutlar yo’q. Ikkita lahja: shimoliy-g’arbiy va Janubiy-Sharqiy lahjalar o’zaro farqlanadi. Hozirgi kxmer adabiy tiliga Pnompen shahar laxjasi asos bo’lgan. Kxmer tilining shimoliy-g’arbiy va Tailanddagi lahjalarida tay tilining, Janubiy-Sharqiy va Vetnamdagi lahjalarida Vetnam tilining ta’siri kuchli. Kxmer tili Janubiy hind alifbolaridan biriga asoslangan bo’g’in-tovushli yozuvga ega. Unda 33 ta asosiy harf, 12 ta qo’shimcha belgi va yana bir qancha yordamchi belgilar mavjud. Ad.: Gorgoniev Yu. A., Grammatika kxmerskogo yazika, M., 1966.