Kyulpe (Kulpe) Osvald
Kyulpe (Kulpe) Osvald (1862.3.8, Kandau, Kurlyandiya — 1915.30.12, Myun- xen) — nemis psixologi va faylasufi, Vyursburg maktabi asoschisi. 1894-1909 y.larda Vyursburgda, 1912 y.dan Myunxen- da prof., tanqidiy realizm namoyandasi. «Psixologiya ocherklari» (1893) asarida V. Vundga yaqin g’oyalarni targ’ib qildi. Assosiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdi va sinaluvchilarni o’zini o’zi ku- zatish metodiga o’rgatish mumkinligi- ni isbotlashga intildi. Tafakkurning mazmuni va mohiyatini zudlik b-n fikr ob’ektiga tushirish va uzatish mumkin emas, degan xulosaga kelgan. Uningcha, ta- fakkur bilishning yuqori, aql-idrokka asoslangan bosqichi bo’lishiga qaramay, sezgilar kabi birlamchidir. «Falsafaga muqaddima» va b. asarlar yozgan.