LAGAN

LAGAN — ro’zg’or buyumi; quyuq ovqatlar, meva-cheva va boshqa narsalar solinadigan katta yuzasi yoyiq keng yassi idish. Sopol, chinni Lagan qadimdan tayyorlangan. Bezakli va bezaksiz qilib tayyorlanadi, sopol Lagan naqshlar bilan bezatilgandan so’ng sirlanadi. Mis Lagan (ba’zan la’li deb ham ataladi) kandakori usulida naqshlanadi. O’zbekistan hududidan topilgan qadimgi Lagan turlari muzeylarda saqlanadi.