LAGASH

LAGASH — Shumerdagi qadimgi davlat (hozirgi Iroq hududida), poytaxti — Lagash shahri (hozirgi Al-Hiba). Lagashdagi dastlabki manzilgoxlar miloddan avvalgi 5-ming yillikning oxirlarida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 26— 24-asrlar va 22-asrda (Gudea davrida) gullab-yashnagan. Miloddan avvalgi 21-asrdan boshlab mavqei pasaygan. 1877 yildan arxeologik qazishlar olib boriladi.