Lakkolit

Lakkolit (yunoncha lakkos — chuqurlik va litoye — tosh) — uncha chuqur bo`lmagan yer qatlamlari orasida qotib qolgan magmatik jism. Shakli linzasimon yoki gumbazsimon bo`ladi, cho`kindi jinslar orasida tomirlar hosil qiladi.