LAKTAZA
LAKTAZA (lakt…), figalaktozidaza — sut qandi — laktozaning gidrolitik parchalanishini katalizlaydigan ferment. Sut emizuvchilarning o’n ikki barmoq ichak shirasida, sut bezlari va boshqa a’zolarda, shuningdek, achchiq bodom danagida, mog’or zamburug’i, achitqi hamda bakteriyalarda bo’ladi.