LA’LI
LA’LI — ro’zg’or buyumi; non, qand- qurs solib dasturxonga qo’yish uchun ishlatiladigan keng yassi, chetlari bir oz qayrilgan to’rtburchak yoki aylana shaklidagi metall idish. Bezakli va bezaksiz bo’ladi. Kandakori usulida naqshlar bilan bezatilgani keng tarqalgan. Ba’zan patnis deb ham ataladi.