Lamprofirlar
Lamprofirlar (Yunoncha lampros — yaltiroq va porfir) — tomirli magmatik tog’ jinsi. Gipabissal, to’q rangli (Melanokratli) va hosil bo’lish geologik sharoitlari bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan tomirli magmatik jinslarning alohida guruhiga kiradi. Qolgan intruziv tog’ jinslaridan kimyoviy va mineral tarkibining o’ziga xosligi, ulardan tashkil topgan tanalar strukturaoi va morfologiyasi bilan farqlanadi. Tarkibi ishqorli va ohak-natriyli dala shpatlari, to’qrang slyuda, shoh aldamchisi, amfibol, piroksen, magnetit, pirit va apatit minerallaridan tashkil topgan. Strukturasi mayda donador, zich yoki porfirsimon. Rangi to’q kulrang, qoragacha. Lamprofirlarning porfirli xillarida, odatda, rangli minerallar porfirli struktura hosil qilib, porfirni ajralib chiqishi kuzatiladi. Ohak-ishqorli Lamprofirlar spessartit, kersantit va ishqorli Lamprofirlar esa kamptonit, alneit va boshqa tog’ jinslarini hosil qiladilar. Ayrim holda Lamprofirlarning asta-sekin porfiritlarga utishi kuzatiladi. Slyudaga boy bo’lishiga ko’ra, yaltiroq, diabazeimon jinslar uchun Lamprofirlar termini Gyumbel tomonidan 1879 yilda kiritilgan. Keyinroq Lamprofirlarga barcha tuk, rangli (melanokratli) tomirli jinslar kiritilgan. Lamprofirlar O’zbekistonning Chatqol-Qurama, Hisor, Zirabuloq-Ziyovuddin tog’larida keng tarqalgan.