Landshaft hosil qiluvchi omillar
Landshaft hosil qiluvchi omillar — geografik komplekslarning shakllanishida ishtirok etuvchi landshaft komponentlari: iqlim, geologik tuzilishi, relyef, tuproqlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi. Landshaft hosil qiluvchi omillar zonal (iqlim, tuproqlar, o`simliklar, hayvonot dunyosi) va azonal (reylef, geologik tuzilishi) bo`ladi. Bundan tashqari, ular litogen (tog` jinslari, reylef shakllari), gidroiqlimiy (suv va havo) hamda biogen (o`simlik va hayvonot dunyosi) omillar deb ham yuritiladi. Har bir komponentning landshaft xili va tipini shakllantirishdagi roli hamda salmog`ini aniqlash muhim ahamiyatga ega.