Landshaftlar klassifikatsiyasi
Landshaftlar klassifikatsiyasi — landshaftlarni paydo bo`lishi, strukturasi va boshqa muhim belgilariga ko`ra sistemaga solish, guruhlashtirish. Landshaftlarni klassifikatsiya qilishda ular turli taksonomik birliklarga ajratiladi; bular: landshaft tipi, landshaft kichik tipi, landshaft turi. Bir xil guruhga kiruvchi landshaftlar umumiy xu- susiyatlarga ega bo`ladi. Buni hisobga olish esa, ularni o`rganishni osonlashtiradi hamda o`zlashtirishda muhim amaliy ahamiyatga molikdir. Landshaft klassifikatsiyasi tabiiy geografik rayonlashtirish muammosini hal qilishda ham katta rol o`ynaydi.