Landshaftlar rekultivatsiyasi, yerlar rekultivatsiyasi

Landshaftlar rekultivatsiyasi, yerlar rekultivatsiyasi — inson faoliyati ta’sirida muvozanati buzilgan yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlar (chunonchi, qishloq xo`jalik yerlari) ni tiklash, qayta ishga solish yoki ular o`rnida yangi tipdagi landshaftlar bunyod qilish. Landshaftlar rekultivatsiyasiga tog`-kon sanoati hududlaridagi terrikonlarni o`zlashtirish, qayta sho`rlangan va botqoq bosgan yerlarni tiklash, sanoat chiqindilari uyumlari o`rnida madaniy landshaftlar yaratish va boshqalar kiradi.