LANGAR
LANGAR — Oqtog’ning eng baland cho’qqisi (Navoiy viloyati). Balandligi 2000 metr. Yon bag’irlari tik va qirrali. Paleozoyning granit, granodiorit, ohaktosh va slaneslaridan tarkib topgan. Langarning shimoliy yon bag’rida, Darasoyning bosh tomonida sheelit konlari bor.