Lashkargoh, lashkari
Lashkargoh, lashkari — bozor — Janubiy Afg’onistonda joylashgan ulkan tarixiy-ma’muriy majmua; G’aznaviylar (10— 12-asrlar) va g’uriylar (12-asr o’rtasi — 13-asr boshi) sulolasi sultonlari qarorgohi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 12-asrga oid saroy va bog’-Park inshootlari qoldikdari topilgan. Umumiy maydoni taxminan 164×95 metrdan iborat. Majmua tarkibi Lashkargoh Janubda joylashgan bosh saroy (to’rt tomoni ayvon bilan o’ralgan hovli sahni; bir necha zal, yotoqxonalar, xizmat xonalari alohida guruh bo’lib joylashgan; devoriy rasmlar, bezak qilib terilgan g’ishtlar), shuningdek, Lashkargohning Markaziy va shimoliy qismida joylashgan 2 ta saroy, masjid, bog’-ko’shklari, kaptarxona(kaptar mi nor), turar joy qoldiqlaridan iborat.