Lasis Vilis Tenisovich
Lasis Vilis Tenisovich [1904. 29.4(12.5), Rinuji qishlog’i, hozirgi Riga tumani — 1966.6.2, Riga] — Latviya xalq yozuvchisi (1947), davlat va jamoat arbobi. Dastlabki asarlari — «ayol» (1930) novellasi va «Ozodlikka chiqqan yirtqich» fantastik romani (1931). Romanlarida latish xalqining hayoti aks ettirilgan («qanotsiz qushlar», trilogiya, 1931 — 33; «Baliqchi o’g’li», 1 — 2-kitob, 1933 — 34; «bo’ron», 1 — 3-ki- tob, 1945 -48). Lasis «Yangi qirg’oq sari» (1950-51), «dengiz bo’yidagi qishloq» (1954), «momaqaldirokdan so’ng» (1962) va boshqa romanlar muallifi. «Bo’ron» romani va boshqa asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Baliqchi o’g’li, Roman, 1958; Vatanni qo’msab, T., 1961.