Lasso Orlando

Lasso Orlando [aslida Rolan de Las-Syu (Roland de Lassus); taxminan 1532, Belgiyadagi Mons shahri — 1594.14.6, Myunxen] — Frank-flamand kompozitori, polifoniya uslubining yirik ustasi, niderland maktabiiint asoschilaridan. Bolalikdan cherkov xorida kuylagan. 1544 yildan Italiya, Frantsiya, Angliya mamlakatlarida xizmat qilib, turli milliy musiqa uslublarini ijodiy o’zlashtirgan. 1560 yildan Myunxen saroy kapellasini boshqargan. Butun Yevropada mashhur bo’lib, «beliiyalik Orfey» nomiga sazovor bo’lgan. Lasso o’z davrining barcha diniy (messa, motet) hamda dunyoviy (italyan madrigali, vilanella, frantsuz shansoni, ko’p ovozli nemis qo’shig’i va boshqalar) musiqa janrlariga murojaat etib, 2000 dan ziyod asarlar yaratgan. Uning ijodi 16-asr xor polifoniyasining cho’qqisidir. Antik va Uyg’onish davridagi shoirlar she’rlariga bastalagan vocal asarlarida turli «qahramon» va «jonli saxna»larni alohida mahorat bilan ifodalab bergan. Asarlarning aksariyati 16-asrning o’zida nashr etilgan.