Laxti
Laxti — Finlyandiya Janubdagi shahar va port. Pyayyanne ko’llari sistemasidan Janubda. Aholisi 96,6 ming kishi (1999). Temir yo’l tuguni. Yog’ochsozlik sanoati rivojlangan. Tsellyuloza-qog’oz sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, to’qimachilik, poyabzal, oyna-shisha, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizm va qishki sport o’yinlari markazi.
O‘xshash so‘zlar
- LAXUD EMIL
- Layel, Layell Charlz
- LAYLAGANSOY
- Laylaklar
- Laylaksimonlar
- Laylaktumshuq, qoramashoq
- Laylatul-qadr
- Layli va Majnun











