LAYLAGANSOY

LAYLAGANSOY — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi soy. Sherobod- daryoning irmog’i. Ko’hitang tog’idan boshlanadi. Uzunligi 43 kilometr, havzasining maydoni 46,8 kilometr kvadrat. Laylagansoydan Boysun tumani xo’jaliklari suv ichadi.