Legirlash
Legirlash (nemischa Legieren — eritmoq) — metall qotishmalarga, ma’lum kimyoviy tarkibga, strukturaga va kerakli xossaga ega bo’lgan qotishmalar olishga imkon beruvchi legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden va boshqalar) qo’shish. Odatda, suyuq holatdagi, kamdan-kam qattiq holatdagi metal qotishmalar legirlanadi. Legirlash yo’li bil;an qotishmalarning mustahkamligi va plastikligi o’zgartiriladi, yeyilishga va korroziyaga chidamliligi, issiqbardoshligi, magnit xossalari va boshqalar oshiriladi. Legirlashning hajm va yuza bo’yicha Legirlash, kompleks Legirlash (qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga atomlar kiritish) xillari ham bor.