Leonid

Ma’nosi

Leonid (miloddan avvalgi 508/507 — 480) -Sparta shohi (488 yildan). Leonid yunon-fors urushlari davrida fors shohi Kserks I ga qarshi kurashgan yunon qo’shinlariga boshchilik qilgan (480). U Fermopil darasi yonida spartaliklarning kichik otryadi (300 kishi)ga bosh bo’lib, chekinayotgan yunon qo’shinlarini himoya qilish jangida halok bo’lgan. Antik rivoyatlarda Leonid — vatanparvar vajangchi timsolidir. Leonid to’g’risida badiiy film («300 ta spartalik») yaratilgan.

O‘xshash so‘zlar

L harfi: barcha so‘zlar