Lesbos, Mitilini

Lesbos, Mitilini — Egey dengizidagi Orol. Kichik Osiyo yarim orolining g’arbiy qirg’oqlari yaqinida, Gretsiya hududi. Maydoni 1636 km2. Aholisi 100 mingdan ortiq. Relefi tog’li, eng baland joyi 967 metr (olimbos tog’i). Foydali qazilmalardan marganes, qo’rg’oshin va xrom rudalari, barit, marmar olinadi. Mineral buloqlar bor. O’rta dengiz bo’yi tipidagi o’simliklar o’sadi, tog’lar qarag’ayzorlar bilan qoplangan. Zaytun daraxti plantasiyalari mavjud, shuningdek, uzum, tsitrus mevalar, anjir va boshqalar yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Bosh shahri va porti — Mitilini. Lesbos yunon madaniyati markazlaridan biri.