LEYBORISTLAR PARTIYASI
LEYBORISTLAR PARTIYASI — Buyuk Britaniyaning ishchi partiyasi. Shu mamlakatning ikki yetakchi partiyasidan biri. 1900-yilda tashkil etilgan (1906-yilgacha Ishchilar vakilligi qo‗mitasi deb atalgan). II jahon urushidan so’ng 1945-51, 1964-70, 1974-79 yillarda hokimiyatni boshqardi. 1997-yilda yana hokimiyat tepasiga keldi.