Leykoderma, leykopatiya

Leykoderma, leykopatiya — teri pigmenti (melanin)ning kamayishi yoki butunlay yo’qolishi tufayli terining ayrim joilarida oq mayda doglar paydo bo’lishi. Ilgari bo’lib o’tgan teri kasalliklari (ekzema, temiratkilar va boshqalar) oqibatida, ba’zi dorilar ta’sirida yoki umumiy kasalliklar (ikkilamchi zahm va boshqalar)ning belgilaridan biri sifatida paydo bo’lishi mumkin. Chin va soxta Leykoderma farq qilinadi. Davo kasallikning asosiy sababini bartaraf qilishga qaratiladi.