Lianalar

Lianalar (Fransuzcha liant, her — bog’lanish) — o’simliklar, qoyalar va boshqa narsalarga chirmashib o’sadigan butasimon yoki o’tsimon o’simliklar guruhi. Bunday o’simliklar yorug’likka intilib uchidan tez o’sadi va atrofidagi daraxtlarga o’ralib, ko’pincha ularni nobud etadi. Asosan, tropik o’rmonlarda (2000 turi) o’sib, changalzorlar hosil qiladi. O’zbekistonda xmel, yovvoyi tok, aktinidiya va boshqalar o’sadi. Lianalarning ba’zi turlari manzarali o’simlik sifatida ko’paytiriladi. Gulli o’simliklar, qirqquloqlar va ochiq urug’lilarining ayrim turlari Lianalarga kiradi.