LIBERALLASHUV

LIBERALLASHUV — davlat boshqaruvi, nazoratining qat‘iyy chegaralanishlaridan ozod bo’lish va jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining erkinlashtirilishi omilidir. Qiyosiy politologiyada davlat va fuqarolik jamiyati munosabatlarini qamrovchi, hukmron elita nazorati ostidagi avtoritar tizimning qisman ―ochilishi. U demokratlashuv jarayonining boshlang’ich nuqtasi sifatida qaraladi. erkinlashtirish, davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini cheklash, bozor munosabatlari sohasining kengayishi, bozorlarning va raqobatning ochilishi, bozorning amal qilishiga qo’yilgan turli xil cheklashlarning olib tashlanishi, baholar, foizlarni ma‘muriy yo’l bilan nazorat qilishning susayishi, markazlashgan holda dotatsiya berish, subsidiya shaklidagi kreditlarning kamayishi.