LIKASI
LIKASI (1966 yilgacha Jadovil) — Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar. Shayba provintsiyasida. Temir yo’l stantsiyasi. Aeroport bor. Aholisi 300 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Mis-kobalt rudalari qazib olinadigan va rangli metallar ishlab chiqariladigan rayon markazi. Rux kontsentratlariga ishlov beriladi. Kimyo sanoati, qurilish materiallari va temir-beton konstruktsiyalari ishlab chiqarish korxonalari, mineralogiya muzeyi bor. Likasiga 1917 yilda asos solingan.