Lingvistik qonun

Lingvistik qonun — biror tilga yoki bir necha turli tillarga xos bo’lgan umumiy qoida, qonuniyat; muayyan til birliklari o’rtasidagi u yoki bu munosabatlarning muntazam va izchil aks etishi. Lingvistik qonun ichki va tashqi qonunlarga ajratiladi. Tildagi mumkin kadar ustuvor va mustaqil rivojlanish uning ichki qonunlari nomini olgan. Bu qonunlar umumiy va xususiy turlarga bo’linadi. Barcha tillarga va ulardagi bosqichlarga tegishli bo’lgan qonun va tamoyillar ichki umumiy, ba’zi tillar va til guruhlariga tegishli qonun va tamoyillar ichki xususiy qonunlar deb yuritiladi. Keyingi davrda tildagi ichki umumiy krnunlar o’rnini jahon tillariga xos universaliyalar ola boshladi. Tildagi ichki xususiy krnunlarga ba’zi tillarga xos xususiyatlar, Masalan, German va turkiy tillariga xos umlaut va singarmonizm kabilar kiradi. Tilning tashqi qonunlari uning mazmun jihati bilan bog’lanadi va ular umumiy hamda xususiy turlarga bo’linadi. Umumiy tashqi qonunlar til tarixining jamiyat tarixi bilan bog’lanishida namoyon bo’ladi. Xalqlarning davomiy aloqalari tilda o’z aksini topadi, ko’pgina so’zlar o’zlashadi. Tashqi xususiy til qonunlariga boshqa tildan o’zlashgan fonemaning shu tilga moslashuvi misol bo’la oladi.