Lipari orollari

Lipari orollari — Tirren dengizidagi bir guruh vulkan orollari. Italiya hududi, Sisiliya orolidan shimolda. 7 ta yirik (Lipari, Salina, Vulkano, Filikudi, Stromboli, Aliku-Di, Panarea) va 10 kichik orollardan iborat. Umumiy maydoni 117 km2. Asosan, basalt va tuflardan tashkil topgan. Vulkano va Stromboli orollarida harakatdagi vulkanlar (balandligi 926 metr) bor. Iqlimi va o’simliklari O’rta dengiz tipli. Zaytun, tok, anjir o’stiriladi. Oltingugurt konlari bor. Vino eksport qilinadi.