Liqildoq, tepatosh
Liqildoq, tepatosh — chaqaloqlar kalla gumbazi suyaklarining birikish joylaridagi pardali kamgak (qism). Miya arteriyasi pulsasiyasi tufayli bu kamgaklar liqillab turadi (nomi shundan olingan). Chaqaloqlarning peshona qismida romb shaklida, ensa sohasida uchburchak shaklida, kallaning ikkala yonida bir juftdan yon Liqildoq bo’ladi. Bu Liqildoqlar 3 oylikdan ikki yoshgacha davr oralig’ida suyaklanib bitadi. Raxit va boshqa ba’zi kasalliklarda Liqildoq tez bitmaydi.