Listvenit
Listvenit — asosan, talk, xlorit va pirit aralashmali kvars-karbonatli tarkibga ega metasomatik tog’jinsi. Rangi och yashil, ba’zan sariq, kulrang. Zichligi 2800-3100 kg/m3. Listvenit serpenitlar va boshqa asosli va o’ta asosli jinslarning listvenitlanish jarayoni natijasida hamda muvofiq tarkibdagi metamorfik va karbonatli jinslar hisobiga vujudga keladi. Listvenit ilk bor Rossiya (Ural)da aniqlanib, nemis geologi G. Roze (1842) tomonidan ta’riflangan. Listvenitning O’zbekistonda Sultonuvays tog’i, Qizilqum va boshqa joylarda borligi ma’lum. Odatda, oltinning minerallanishi ular bilan bog’liq.