Litiy organik birikmalar
Litiy organik birikmalar — tuzilishida uglerod-litiy bog’i bo’lgan birikmalar. Alifatik Litiy birikmalar rangsiz kristall modda (CH3Li va C2H5Li), haydalmaydigan qovushoq suyuqlik (C7H15Li, CgH|7Li, C,H,,Li, Cl0H2,Li, CuH23Li, Cl2HHLi) yoki mumsimon moddalar (yuk saqlari). Alifatik Litiy birikmalar (CH3Li dan tashqari) uglevodorodlar va efirlarda yaxshi eriydi. Aromatik Litiy birikmalar oq yoki sarg’ish kristall moddalar; efirlarda eriydi. Uglevodorodlarda erimaydi. Reaktsiyaga juda faol kirishadi; kimyoviy faolligi magniyorganik birikmalardan ustun. Karbonat angidrid, kislorod va namlik ta’sirida buziladi. Shuning uchun hamma reaktsiyalar azot yoki argon atmosferasida o’tkaziladi. Litiy birikmalar suv, spirt, kislotalar va boshqalar ta’sirida parchalanadi. Litiy metalini xlorli va bromli alkillar bilan o’zaro ta’sir ettirib yoki litiyni simoborganik birikmalar bilan birga qizdirib olinadi. Litiy birikmalar almashinish reaktsiyalarida, divinilni polimerlashda ishlatiladi.