LITSENZIYA

LITSENZIYA — u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo’jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olib kirish, olib chiqish yoki o’tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotoreya va mahalliy auksionlarni o’tkazish uchun litsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa ijarachiga (o’tkazuvchiga, shug’ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq inspeksiyasiga yo’ llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega ekanliklari to’g’risida guvohnomaga ega bo’lishlari shart.