Livorno

Livorno — Italiyaning Markaziy qismidagi shahar. Livorno provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 148 ming kishidan ziyod (2001). Liguri dengizi sohilidagi port. Yirik savdo markazi. Kemasozlik, neftni qayta ishlash, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, dengiz akademiyasi, muzey, dengiz akvariumi bor. Harbiy dengiz bazasi. 16— 18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. Livorno o’rta asrlarda qal’a bo’lgan. 16-asrning 2-yarmida O’rta dengiz bo’yidagi eng muhim xalqaro portga aylandi.