Lof

Lof — xalq ogzaki poetik ijodining hajviy-yumoristik janrlaridan. Lofbozlik, lofchilik, lof (urish) aytish deb ham yuritiladi. Mubolag’aga asoslanadi, maqsadi — kishilarda kulgi uyg’otish, shuningdek, u yoki bu hodisaga diqqatni jalb etish, tanqidiy munosabat bildirish. Lof askiya, qiziqchilik, masxarabozlik kabilarga yaqin turadi. Unda tabiat va jamiyat hodisalari bo’rttirib muqoyasa qilish yo’li bilan aks ettiriladi. Loflar tarafkashlar, ba’zan bir kishi tomonidan ham ijro etilishi mumkin. Lofchidan hozirjavoblik, sinchkovlik, o’tkir zehn, katta tajriba hamda so’zda chechanlik talab etiladi. Lof, ayniqsa, o’zbek xalq dostonlari, og’zaki drama, ertak va latifalarda ko’p uchraydi (masalan, «Uch yolg’onda qirq yolg’on» ertagi va boshqalarda). Xalq sayillari, tomosha va yig’inlarida so’z ustalari, askiyachilar va hokaolar. Lofning yangi-yangi shakl va ma’nolarini namoyish qiladilar.