LONDON
LONDON — Kanadaning Janub qismidagi shahar, Ontario provintsiyasida. Aholisi 421,3 ming kishi (2001). Transport yo’llarining muhim tuguni. Qishloq xo’jaligi rayonining savdo va sanoat markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, mashinasozlik (radiotexnika va elektrotexnika, qishloq xo’jalik va transport mashinasozligi), kimyo sanoati, ko’n-poyabzal korxonalari, universitet bor.