LONG-AYLEND

LONG-AYLEND — Atlantika okeanidagi Orol, AQSh qirg’oqlari yaqinida. Maydoni 4,5 ming kilometr kvadrat, uzunligi 200 kilometr chamasida. G’arbiy qismida Nyu-York shahrining Bruklin va Kuins rayonlari; qolgan hududida dam olish zonalari, plyajlar, bog’lar joylashgan. 1609 yilda ingliz dengizchi sayyohi G. Gudzon tomonidan kashf etilgan.